Buyuk Britaniya muzeyi olimlar tomonidan eng qadimiy tatuirovka topilganini ma’lum qildi. Tatuirovka mumiyolangan erkak va ayolning tanasiga tushirilgan. Ularning yoshi taxminan besh ming yil bo‘lib, ular Misrda miloddan avvalgi 3351 va 3017-yillar orasida yashagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Meduza

Olimlar erkakning tanasidan yovvoyi buqa va yoldor qo‘yning tasvirini topgan. Ayolning qo‘lida ham ikkita tatuirovka bo‘lgan: “S” shaklidagi naqsh va qurolni aks ettiruvchi chiziqlar. Olimlarning fikricha, tatuirovka uning egalarining maqomi yoki yutug‘ini ko‘rsatgan.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza