Avstraliyalik suzuvchi Jorj Korons 99 yoshida suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Rekord 100 yoshdan 106 yoshgacha bo‘lgan sportchilar guruhiga taalluqli. U 50 metr masofani 56,12 soniyada bosib o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Erkak 99 yoshda bo‘lsa ham, musobaqa qoidalariga ko‘ra, u ishtirok etish huquqiga ega, chunki u 2018-yilning aprel oyida 100 yoshga to‘ladi. Erkakning bir o‘zi musobaqada ishtirok etdi, uning uchun Kvinslend shahrida rasmiy tadbir uyushtirildi.

Koronsga sakrash ustuniga chiqishga yordam berildi. Erkak 50 metrni erkin usulda suzib o‘tgan. U 2014-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekord — 1 daqiqa 31 soniyani yangiladi.

99 yoshli erkakning aytishicha, u o‘z natijasidan hayratda va suzishning so‘ngida bor kuchi bilan devorga urilishga tayyor bo‘lgan.