Kinoprodyuser Jeyms Glinkenxausga tegishli Scuderia Cameron Glickenhaus kompaniyasi joriy yilning yanvar oyi oxirida taqdim etilgan yo‘ltanlamasda qit’alararo sayohatni tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Ma’lum qilinishicha, mashina Nyu-York—Parij yo‘nalishi bo‘yicha sayohatni amalga oshiradi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Foto: “Motor”

G‘oyaga ko‘ra, mashina 2020-yilda Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonidan yo‘lga chiqadi. Yo‘ltanlamas u yerdan shimoli-g‘arbga, Bering bog‘ozi tomonga harakatlanadi. Avtomobil bo‘g‘ozni maxsus shishiriladigan ko‘prik yordamida kesib o‘tadi.

Keyinchalik yo‘nalish Transsibir avtomagistrali bo‘ylab davom etadi. Yo‘ltanlamasning Pekin, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari orqali o‘tishi ham ko‘zlanmoqda.