Antarktidada tadqiqot olib borayotgan amerikalik muzshunos (glyatsiolog) Piter Neff qiziqarli video ulashdi — unda muzlikda hosil qilingan va chuqurligi 90 metr bo‘lgan quduqqa muz bo‘lagining tashlanishi aks etgan, deb yozadi Meduza.

Quduq bo‘ylab qulagan muz bo‘lagining ovozi ba’zi tinglovchilarga quroldan o‘q otilganda chiqadigan ovozni yodga solgan.

Neff boshqa ikki olim bilan birgalikda Antarktida g‘arbida muzlarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Bir necha o‘n metr chuqurlikdan qazib olingan muz namunalaridagi suv tarkibi va havo pufakchalari bundan 100 ming yil avvalgi vaziyat, xususan, iqlim haqida ma’lumot olish imkonini beradi.