AQShning CBS telekanali boshlovchisi Nishel Medina ertalabki yangiliklar dasturi vaqtida noqulay vaziyatga tushib qoldi. Jonli efir vaqtida uning boshiga San-Diyego hayvonot bog‘idagi Sofi laqabli qizil qush kelib qo‘ngan. Dasturda keyinroq ana shu qush haqida hikoya qilish rejalashtirilgan edi. TJournal holat aks etgan videoga e’tibor qaratdi.

Kutilmagan holatga qaramasdan, Medina hayajonlanmasdan dasturni davom ettirdi. Uning hamrohi Erik Kanert esa qush uning boshiga qo‘nmoqchi bo‘lganda darhol boshini qo‘li bilan yopib oldi.