Toshkent shahar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining boshlig‘i podpolkovnik Behzod Sayfullayev Facebook’da o‘z sahifasini ochdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
“Fuqarolarimizdan kelgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, Toshkent shahar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining boshlig‘i podpolkovnik Sayfullayev Behzod Alisherovich Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi”, — deyiladi xabarnomada.
Endilikda onlayn rejimida boshqarma boshlig‘iga shaxsan murojaat etish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, sahifaga kelgan barcha iltimos, shikoyat hamda murojaatlar diqqat bilan tahlil qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi.
Izoh (0)