Aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov ertaga — 3-mart kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda “Olamsport” nashri ma’lumot berdi.

Foto: “Olamsport”

Mahmud Murodov jangni Chexiya poytaxtidagi Tipsport Arena majmuasida o‘tkazadi. Unga braziliyalik MMA ustasi Edvaldo de Olivera raqib bo‘ladi.

O‘zbekistonlik sport muxlislari mazkur jangni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniyatiga ega. “Sevimli” telekanali O‘zbekiston televideniyesi tarixida birinchi bor shu ishga qo‘l urishga qaror qilgan. Jang Toshkent vaqti bilan 3-martdan 4-martga o‘tar kechasi soat 01:15 da boshlanadi.