Saudiya Arabistoni axborot va madaniyat vazirligi 2-mart kuni kinoteatrlar boshqaruviga 30 yillik taqiqdan so‘ng litsenziya bera boshladi. Endilikda mamlakatda katta ekranlarda kino namoyishiga ruxsat beriladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Saudiya Arabistonda 1980-yilning boshlarida kinoteatrlar taqiqlangan edi. Qirollik fuqarolari kino ko‘rish uchun qo‘shni Bahraynga borar edi.

“Saudiya Arabistonda kinoteatrlar faoliyatini tashkil etish uchun litsenziya berish shartlari to’xtatilgan edi. Litsenziya berish jarayoni boshlandi”, — deyiladi xabarda.

2030-yilga kelib qirollikda 300 dan ortiq kinoteatrlar faoliyat yuritadi. Ularning ikki mingdan ortiq ekranlarida keng omma uchun filmlar namoyish etiladi. Filmlar mamlakatning ma’naviy qadriyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun ular senzura nazoratidan o‘tkaziladi.