Jarroh xatosi tufayli oyog‘idan ayrilgan 27 yoshli model Rozalina Oktaviya yana sahnaga qaytdi va Models of Diversity xayriya tashkiloti elchisi bo‘ldi. Bu haqda News.com.au xabar berdi.

Foto: News.com.au

2010-yilda Oktaviya mototsiklda avariyaga uchrab, mushagiga shikast yetkazdi. Jarohatdan so‘ng u yugurishga qiynaldi, shuning uchun bir necha yildan keyin yana shifokorlarga murojaat qildi. Ayol Indoneziyada shifoxonaga yotdi, u yerda mushaklarni tiklash bo‘yicha operatsiyani boshdan kechirdi. Operatsiyadan so‘ng uning tizzasi shishib ketdi va besh kundan so‘ng ham asl holiga qaytmadi.

Boshqa shifoxonada unga operatsiya o‘tkazgan jarroh yanglishib arteriyalaridan birini kesib yuborganligini ma’lum qilishdi. Unga boshqa qon tomir ko‘chirib o‘tkazishdi, biroq bu yordam bermadi. Qon aylanmaganligi sababli uning oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri keldi.

Amputatsiyaga qadar Oktaviya akusher va model bo‘lib ishlar edi. U oyoqsiz qolgandan so‘ng moda dunyosi u uchun yopildi deb xavotirga tushdi. Biroq bir yil avval Singapurga ko‘chib o‘tdi va yangi model portfoliosini tayyorladi. Uni yana professional suratga tushish jarayonlariga taklif qila boshlashdi. Shundan so‘ng u Singapore Fashion Runway shousida ishtirok etdi.

Foto: News.com.au

Singapurdagi shoudan so‘ng Oktaviya Models of Diversity xayriya tashkilotining elchisi bo‘ldi.