O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida ro‘y bergan YTH yuzasidan qo‘shimcha axborot berdi. Ma’lumot vazirlikning Telegram’dagi kanalida e’lon qilindi.
Oldinroq vazirlik YTH oqibatida halok bo‘lgan olti kishining ro‘yxatini bergan edi. Yettinchi qurbonning shaxsi aniqlashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.
Dastlabki ro‘yxatga kirganlar:
Lada Largus haydovchisi:
Allayarov Rasulbek Qo‘ziboyevich. 1981-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi,19-uy.
Lada Largus yo‘lovchilari:
Dushamov Zokir Quronboyevich. 1977-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Chukli qishlog‘i, To‘qmang‘it mahallasi, raqamsiz uy.
Rahimov Sherzod Saparboyevich. 1980-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Shovot tumani, Guliston shaharchasi, raqamsiz uy.
Begnazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li. 1995-yilda tug‘ilgan. Manzil: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Nayman qishlog‘i, raqamsiz uy.
Madaminov G‘ayrat Ro‘zmatovich. 1985-yilda tug‘ilgan. Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi, 34-uy.
Boltayev Mahmudjon Saburjon o‘g‘li. 1995-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘i, raqamsiz uy.
Yangilangan ro‘yxatga yettinchi qurbon ham kiritildi:
Masharipov Sanjar Turdiyevich. 1991-yilda tug‘ilgan. Manzili: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Ostona qoshlog‘i, raqamsiz uy.
Ayni paytda halokat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. FVV fojia yuzasidan maxsus telefon raqami ochdi: (+998 71) 147-10-50.
Izoh (0)