Amerikaning Walmart riteyleri qurol sotish bo‘yicha yosh cheklovini 21 yoshgacha oshirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.
Walmart boshqa riteyler – Dick’s Sporting Goods’dan o‘rnak oldi. Har ikkala kompaniya Parklenddagi (Florida shtati) otishmadan so‘ng yosh bo‘yicha cheklovni qayta ko‘rib chiqdi.
Riteylerlar saytdan shturm vintovkalari bo‘limini olib tashladi.
2015-yilda Walmart AR-15 vintovkalari, boshqa yarimavtomat qurol va u uchun aksessuarlar sotuvini to‘xtatgan edi.
Izoh (0)