Oy mobil aloqa bilan qoplangan birinchi zonaga 2019-yilda ega bo‘ladi. Bu Yerga yuqori aniqlikdagi axborotni uzatish imkonini beradi, deb yozadi Reuters.

Foto: Getty Images

Mobil aloqa xususiy manbalar tomonidan moliyalashtiriluvchi Oy missiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihaning bir qismidir.

Loyihani Vodafone Germany amalga oshiradi, Nokia kompaniyasi unga sheriklik qiladi. U Yerning yo‘ldoshida mobil aloqani ta’minlab turuvchi kichik texnologik qurilmalarni ishlab chiqadi.

“Ushbu loyiha mobil tarmoq infratuzilmasini rivojlantirishga keskin innovatsion yondashuvlarni ko‘zda tutadi”, — dedi Vodafone Germany ijrochi direktori.