Ag‘darib yuborilgan bir piyola suv yoki qahva noutbuk uchun har doim ham hukm bo‘lavermaydi. Tezroq harakat qilsangiz, kompyuterni qutqarib qolishingiz mumkin.

Foto: Depositphotos

Bu maqola agar suyuqlik oz miqdorda bo‘lsa va u bilan bo‘lgan kontakt esa uncha uzoq davom etmagan hollardagina foydali bo‘lishi mumkin.

Agar noutbuk elektr tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, uni tezda tarmoqdan uzib qo‘ying

Avvalo quvvatlovchi va kompyuterning simlarini, keyin esa noutbukka ulangan boshqa hamma simlarni rozetkadan sug‘uring.

Noutbukni teskari ag‘daring va o‘chiring

Ichiga tushishi mumkin bo‘lgan suv tashqariga to‘kilishi uchun apparatni klaviaturasini pastga qaratib ag‘daring.

Bir vaqtning o‘zida manba tugmachasini ekran o‘chmaguncha bosib turing. Bu moslamani o‘chirishning eng tez usulidir. Hozir saqlanmagan hujjatlar haqida xavotir olishning vaqti emas. Asosiysi — qisqa tutashuvning oldini olish uchun noutbuk ichidagi elektr harakatini to‘xtatish.

Hamma moslamalarni uzib qo‘ying

Noutbukka ulangan hamma tashqi moslamalarni uzing. Fleshkalar, xotira kartalari, USB-modem, hatto batareyani — hammasini olib tashlang! Kompyuterning suv bilan bo‘lgan kontakti natijasida nafaqat uning o‘zi, balki bu juz’iy qismlar ham zarar ko‘rishi mumkin.

Noutbukni arting

Endi noutbukni qayta ag‘darmasdan turib, uni to‘liq artib chiqing. Buning uchun paxtali sochiq juda mos keladi: u har qanday suyuqlikni o‘ziga yaxshi singdiradi. Qog‘oz salfetkalardan ham foydalanish mumkin.

Klaviaturaga alohida e’tibor qarating: suv klavishlar tagiga oson oqib kiradi. Portlar va sovutish teshikchalarini artishni unutmang.

Qiziq tuzilma quring

Avval ventilyatorni polga qo‘ying. Keyin uni karton yoki plastik quti bilan yoping, uning ustki va yon devorlaridan shamollatish uchun kattaroq teshiklar oching. Qutini sochiq bilan o‘rang va uning ustiga klaviaturasini pastga qaratib noutbukni qo‘ying. Moslama butunlay qurishi uchun ventilyatorni ikki sutka yoqib qo‘ying.

Ehtiyot yuzasidan ventilyatorni uzoq vaqt nazoratsiz qoldirmang. Uni kechasi va uydan chiqayotganingizda o‘chiring.

48 soatdan keyin moslamani ishlatib ko‘ring

Agar ikki sutkadan keyin noutbukni yoqa olsangiz, muhim ma’lumotlarni fleshkalarga ko‘chirib oling. Gap shundaki, shikastlanish darrov ayon bo‘lmasligi mumkin. Balki suv bilan bo‘lgan kontakt oqibatlari bir necha kundan keyin yoki hatto bir necha haftadan keyin ham namoyon bo‘lishi mumkin.

Manba: “Layfxaker”