Amerikaning Netflix kompaniyasi 2018-yilda 8 milliard dollar sarflagan holda 700 dan ortiq yangi seriallarni taqdim etadi. Bu haqda korporatsiyaning moliyaviy direktori Devid Uellsning so‘zlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: The White Square Journal

Uning so‘zlariga ko‘ra, Netflix’ning joriy yil uchun umumiy strategiyasi oldingidek qolgan. “Biz yangi kontent yaratishni taklif qilamiz, chunki bu yangi foydalanuvchilarni jalb etadi”, — deydi Uells.

Yaratilishi rejalashtirilayotgan kinolentalar orasida suratga olish ishlari AQShdan tashqarida bo‘lib o‘tadigan 80 ta kartina ham mavjud. Shuningdek, Netflix o‘zining marketing budjetini 1,3 milliard dollardan 2 milliard dollarga qadar oshiradi.

1997-yilda asos solingan Netflix internet orqali videolar oqimini yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Los-Gatosda (Kaliforniya shtati) joylashgan. 2013-yilda buyon kompaniya o‘zining xususiy filmlarini, seriallar va teleko‘rsatuvlarini yaratib keladi. Ular orasida “Qartadan qurilgan uy”, “Juda qo‘rqinchli ish”, “Narko” kabi lentalar mavjud. O‘tgan yilning iyulida butun dunyo bo‘ylab servisdan foydalanuvchilar soni 100 million kishidan oshgan.