MWC 2018 LG Electronics (LG) kompaniyasi o‘rta narx segmentidagi LGK8 2018 va LGK10 2018 smartfonlari yangi modellarini taqdim etdi, ular premium flagman qurilmalaridan meros bo‘lib o‘tgan eng ilg‘or xususiyatlarga ega. Taqdim etilgan yangiliklar dunyoning asosiy bozorlarida — Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda sotuvga chiqariladi.

Yangi K-seriya foydalanuvchilarga optimal narxda kengaytirilgan funksiyalarni taklif qiladi. Misol uchun, kamera yuqori tezlikda avtomatik fokus bilan jihozlangan hamda past yoritish sharoitida suratga olish vaqtida shovqinni pasaytiradi. Har ikkala model ham K-seriya uchun mos bo‘lgan orqa paneldagi teksturaga ega, 2.5D shisha chekkalari esa korpusning o‘ziga xos uslubini ajoyib chiziqlar bilan to‘ldiradi. Bularning barchasi smartfonlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmaslikka imkon beradi. 2018-yilgi ikkala model ham uchta ajoyib rangda sotiladi: qora, ko‘k va tilla.

LGK10 2018 nafaqat ajoyib tashqi ko‘rinish beruvchi U shakldagi metall korpus, balki bunday narx segmentidagi modellar uchun avval imkonsiz bo‘lgan ba’zi premium funksiyalar bilan ham ajralib turadi. K10 2018 yaxshilangan 13 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan, u LGG6 smartfonidan olingan, hamda 8 megapikselli yuqori kenglikdagi frontal kameraga ega, u maxsus effekt bilan selfi qilish imkonini beradi. K10 2018 bilan foto muxlislari an’anaviy avtofokusga nisbatan 23 foizga tezroq ishlaydigan fokus avtomatik bosqichi tufayli biron muvaffaqiyatli kadrni chetdan qoldirmaydilar. Smartfonning orqa panelidagi yangi ko‘p funksiyali tugma nafaqat uni ochadi, jumladan, barmoq izi bilan ham, balki rasm yoki ekran tasvirini tez hamda oson suratga olish imkonini beradi.

Yangi LGK8 2018 eng ilg‘or xususiyatlariga ega bo‘lgan va past yoritish sharoiti ham aniq hamda yorqin fotosuratlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan kameraga ega. Foydalanuvchilarga yoqib qolgan “Avtoselfi”, “Qo‘l ishorasi bilan suratga olish”, “Virtual chaqnash” va “Do‘stlar bilan bo‘lishish” yangi K8 2018’da saqlab qolingan.

Yangi shovqinlarni qisqartirish funksiyasi tufayli ham K8 2018, ham K10 2018’da past yoritish sharoitida ham aniqroq suratlarni olish, yorug‘lik bilan aniqroq tortishish mumkin. HDR rejimi (yuqori dinamik diapazon) bilan birgalikda fotosuratlar yorqin va kontrastlidir.

Yangi taymer xususiyati tufayli do‘stlar yoki oila bilan birga suratga tushish endi yanada osonroq. Kamera ishga tushishi uchun qancha soniya qolganini endi taxmin qilish shart emas. Yangi modellarda vizual maslahatchi sifatida bo‘lgan chaqnash tufayli vaqtni kuzatib borishingiz mumkin. Shunday qilib, suratga olishning barcha ishtirokchilari kerakli vaqtga tayyorgarlik ko‘rib oladilar.

K-seriyasidagi kameraning yana bir yangi xususiyati — Jump Shot, u har uch soniyada (20 kadrgacha) suratga oladi va rasmlarni GIF shaklidagi yagona tasvirga birlashtiradi, bu ularni do‘stlar bilan osongina bo‘lishishda qo‘l keladi. Funksiya yangi K-seriyaning har ikki modelida ham mavjud va ham frontal, ham asosiy kamerada foydalanish mumkin.

“LG K-seriya 2018-yildagi smartfonlar o‘z hayot tarzi va ehtiyojlariga mos keladigan qurilmani qidiruvchi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Bizning ishonchimiz komilki, kamera texnologiyalari va smartfonning boshqa qulay funksiyalari tufayli iste’molchilar qalblari va aqllarini jadal rivojlanayotgan mobil qurilmalar bozorida o‘zimizga qaratishimiz mumkin”, — deydi LG Electronics Mobile Communications katta vitse-prezidenti va bo‘linma rahbari Ha Jon Yuk (Ha Jeung-uk).

LGK10 2018'ning asosiy texnik xususiyatlari:

  • Protsessor: 8 yadroli 1,5 GGts;
  • Ekran: 5,3 dyuym HD In-cell Touch (1280 x 720 / 277 dyuymga nuqtalar) texnologiyasi bilan;
  • Xotira:
    • K10+: RAM 3Gb/ROM32Gb/microSD (2TB.gacha);
    • K10: RAM 2Gb /ROM16Gb/microSD (2TB.gacha);
    • K10α: RAM 2Gb / ROM 16Gb /microSD (2TB.gacha).
  • Kamera:
    • K10+: asosiy 13Mp / frontal 8Mpili 5Mp (keng formatli);
    • K10: asosiy 13Mp / frontal 8Mpili 5Mp (keng formatli);
    • K10α: asosiy 8Mp / frontal 5Mp.
  • Akkumulyator: 3 000 mA/s (olinuvchi);
  • Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat;
  • O‘lchamlar: 148,7 x 75,3 x 8,68 mm;
  • Og‘irlik: 162 gramm;
  • Tarmoqlar: LTE / 3G / 2G;
  • Ulanish: Wi-Fi (802.11 b, g, n) / Bluetooth 4,2 / USB 2,0 Type B / NFC;
  • Rang:
    • K10+: ko‘k Moroccan Blue /tilla Terra Gold;
    • K10 : qora Astro Black /ko‘k Moroccan Blue / tilla Terra Gold;
    • K10α: qora Astro Black / tilla Terra Gold.
  • Boshqasi: barmoq izlari skaneri / FMRadio / Darhol suratga olish seriyasi / Music Flash / Taymer-yordamchi / Bir tekkizish bilan skrinshot / Bir tekkizish bilan suratga olish.

LG K8 2018'ning asosiy texnik xususiyatlari:

  • Protsessor: 4-yadroli 1,3GGts;
  • Ekran: 5,0 dyuym HD On-cell Touch (1280 x 720 / 294 dyuym nuqtalar) texnologiyasi bilan;
  • Xotira: RAM 2Gb / ROM 16Gb/ microSD (32 Gb.gacha);
  • Kamera: asosiy 8 Mp/ frontal 5 Mp;
  • Akkumulyator: 2,500 mAs (olinuvchi);
  • Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat;
  • O‘lchamlar: 146,3 x 73,2 x 8,2 mm;
  • Og‘irlik: 148 gramm;
  • Tarmoqlar: LTE / 3G / 2G;
  • Ulanish: Wi-Fi (802.11 b, g, n) / Bluetooth 4.2 / USB 2.0 Type B;
  • Rang: qora/ ko‘k / tilla;
  • Boshqasi: FMRadio / Jump Shot/ Music Flash / Taymer-chaqnash/ Bir tekkizish bilan skrinshot / Bir tekkizish bilan suratga olish.

Reklama huquqi asosida!