Joriy yilning 5-mart kuni Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan sud eshituvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: Facebook

Matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ular Jinoyat kodeksining 159-moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etishda ayblangan (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish).

Mazkur jinoyat ishi Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi, sud tarkibi va xalq maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.