Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining finalida to‘p suradigan ikki jamoa nomi aniq bo‘ldi: “Milan” va “Yuventus”.
Turinliklar yarim finalda “Atalanta” bilan to‘qnash kelgandi. Tomonlarning har ikki o‘yinida ham “Yuventus”ning qo‘li baland keldi. Har ikki safar minimal hisoblar qayd etildi.
Jennaro Gattuzo boshchilik qilayotgan “Milan” esa final yo‘lida Rimning “Latsio” klubi bilan raqobat olib bordi. Har ikki bellashuvda ham darvozalarga gol kiritilmadi. Shu tariqa o‘yin penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi va unda milanlik futbolchilar 5:4 hisobida ustun keldi.
Shu kuni milanliklarning dastlabki ikki penaltisi noaniq bo‘ldi. Avvaliga Rikardo Rodriges, keyinroq Rikkardo Montolivo darvozaga aniq zarba bera olmadi. Keyin esa hammasi iziga tushib ketdi. Chunki rimliklarning ham uch futbolchisi mo‘ljalda adashdi: Sergey Milinko-Savich, Lukas Leyva, Luis Felipe Ramos.
A seriya doirasida shu mavsum “Latsio” va “Milan” ikki marta to‘qnash kelib ulgurgandi. Rimda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, 28-yanvar kuni “Milan” o‘z uyida raqibidan alamini olgandi — 2:1.
Hal qiluvchi final o‘yini 9-may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning qaysi stadionida o‘tishiga keyinroq oydinlik kiritiladi.
Italiya Kubogi Yarim final 28-fevral, chorshanba
“Yuventus” — “Atalanta” 1:0
Gol: Miralem Pyanich, 75-pen (1:0).Dastlabki o‘yin: 1:0“Latsio” — “Milan” 0:0 (pen — 4:5)
Dastlabki o‘yin: 0:0Italiya Kubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan klub “Yuventus” hisoblanadi. Turinliklarda sovrinlar soni 12 taga yetib ulgurgan. “Milan” esa mazkur musobaqada 5 marta zafar quchgan. Mos ravishda kuboklar soni “Roma”da 9 ta, “Inter”da 7 ta, “Fiorentina” va “Latsio”da 6 tadan. “Torino” hamda “Napoli” klublari xuddi “Milan” kabi 5 marta bosh sovringa ega chiqqan.
Bir yil avval Italiya Kubogining finaliga “Yuventus” va “Latsio” klublari yetib kelgan bo‘lib, bellashuv turinliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.
Izoh (0)