Ba’zi yaqin do‘stlarning yoningizda bo‘lishi sizga zarar keltirishi mumkin. Asosiysi — buni o‘z vaqtida fahmlab olish.

Foto: “Imdb.com”

Do‘stlik musobaqaga aylanib ketsa

O‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va bir-birining muvaffaqiyatlaridan quvonish bu tabiiy holat. Lekin an’anaviy juma kungi o‘tirishlar manmanlik bozoriga aylanib ketmasligi kerak.

Agar siz navbatdagi uchrashuvga qilingan ishlarning qisqacha ro‘yxatini tayyorlayotgan bo‘lsangiz, unda bu qandaydir noto‘g‘ri holat yuz berayotganini bildiradi. Muvaffaqiyatsizlik holatlarida do‘stingiz o‘zidan mag‘rurlanishi emas, balki sizni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Do‘stingiz sizni qizg‘ansa

“Yoki men, yoki u” nuqtai nazari bolalar bog‘chasining o‘rta guruhiga mos kelishi mumkin. Maktab yillari o‘tib ketganiga ham ancha bo‘lgandan keyin bunday shartlar, qizg‘anishlar va nazorat qilishga urinishlar juda g‘alati ko‘rinadi.

Siz boshqalar bilan ham do‘stlashishga haqingiz bor va agar do‘stingiz buni tushunmayotgan bo‘lsa, u bilan bo‘lgan munosabatlarni to‘xtatganingiz xavfsizroqdir.

Siz og‘iz ochmaslik o‘yinini o‘ynashga majbur bo‘lsangiz

Agar suhbat davomida unga qiziqarli bo‘lgan mavzuda faqat do‘stingiz gapirsa, siz esa bosh irg‘asangiz va gap qo‘shishga ulgura olmasangiz, bu faqat bir holatda normal hisoblanadi: siz ruhshunos, suhbatdoshingiz esa sizning mijozingiz bo‘lsa.

Do‘stingiz ko‘p g‘iybat qilsa

Umumiy tanishlarni muhokama qilish va ularni ayblash orasida juda chuqur jarlik yotadi. Agar do‘stingiz birovni g‘iybat qilishni, yoqimsiz sirlarni aytib berishni, bo‘lmagan kamchiliklarni topishni yaxshi ko‘rsa, unga ishonish yoki ishonmaslik haqida o‘ylab ko‘rish kerak.

Manba: “Zdorovie.com”