Amerikaning Boeing kompaniyasi 2007-yildan 2016-yilgacha butun dunyo tijorat reyslari tahlil natijalari bo‘yicha aviaparvozlarning eng xavfli lahzalarini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
O‘limga olib kelgan baxtsiz hodisalarning 48 foizi yakuniy pastlash yoki samolyot qo‘nishida yuz bergan.
“Havoga ko‘tarilish va balandlikka ko‘tarilishda o‘limga olib keluvchi holatlarning 13 foizi yuz bergan. Parvozning 57 foizini tashkil etuvchi parvozning o‘zida 11 ta yirik avariya yuz bergan”, — deyiladi xabarda.
2017-yilda dunyoda to‘qqizta fojiali aviahalokat yuz berib, ular jami 67 tagacha o‘lim holatini keltirib chiqargan. Bu butun aviatsiya tarixida aviahalokatlar oqibatida kelib chiqqan eng quyi o‘lim ko‘rsatkichidir.
Izoh (0)