Stratolaunch kompaniyasi qanotlarining uzunligi bo‘yicha dunyodagi eng katta hisoblanuvchi Model 351 samolyotini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi National Geographic.

Foto: Stratolaunch

Mazkur havo kemasining balandligi 15 metrga teng bo‘lib, ikkita 72 metrli fyuzelyajdan iborat. Qanotlarining umumiy uzunligi 117 metrni tashkil etadi, bu esa butun boshli futbol maydoniga teng demakdir.

Yoqilg‘i bilan to‘ldirilmagan samolyotning og‘irligi 227 tonnani, yoqilg‘i bilan esa — 340 tonnani, to‘liq yuklanish bilan — 590 tonnani tashkil etadi. Foydalanishga topshirilganidan so‘ng, ushbu samolyot Pegasus XL raketa-tashuvchisini uchirish platformasiga aylanadi: u quyi orbitaga uchadigan raketa-tashuvchini 9100 metr balandlikka qadar ko‘tarib chiqadi. Biroq hozircha u qachondan boshlab ishga tushirilishi noma’lum.

Foto: Stratolaunch

Birinchi bosqich uning 28 ta g‘ildirakli shassisini mustahkamlikka sinashdan iborat; 2017-yilning dekabrida uning tezligi soatiga 45 kilometrga qadar chiqqan edi. Yangi sinovlar esa joriy yilning 24 va 25-fevral kunlari Kaliforniya shtatidagi Mojave Air and Space Port poligonida o‘tkazildi. Rekordchi samolyot soatiga 74 kilometr tezlik bilan harakatlanishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Stratolaunch

Taxminlarga ko‘ra, samolyot o‘zining ilk parvozlarini 2020-yildan so‘ng amalga oshiradi.