28-aprel kuni o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev o‘zining prof ringdagi 13-jangini o‘tkazadi. Charm qo‘lqop ustasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, jang chempionlik kamari uchun o‘tishi ham mumkin.
Ergashev bungacha professional boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilishga erishgan. U eng ko‘pi 5 raund jang qilgan, raqiblari undan nariga o‘ta olmagan.
“Olamsport”ning yozishicha, Ergashev Salita Promotions kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Mana shu kompaniya Ergashevning navbatdagi raqibini aniqlash ishlariga kirishgan. Avvalroq Ergashevning o‘zi reytingda peshqadamlik qilayotgan bokschiga qarshi jang qilishga tayyor ekani haqida aytgandi.
Izoh (0)