Grigoriy Lepsning  “Istiqlol” san’at saroyidagi konserti 27-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Grigoriy Lepsning mazkur konserti uning shaxsiy muammolari tufayli qoldirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi “Matershow” tashkiloti rahbari Achilov Javdat jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: instagram/@gvleps

Grigoriy Leps oshkor etishni istamagan shaxsiy muammolari sabab konsert dasturini boshqa kunga ko‘chirishni iltimos qildi. Grigoriy Lepsning o‘zi 1 yoki 2-mart kunlariga ham konsert berishga tayyor edi, ammo mart oyining boshida konsert dasturlari ko‘pligi bois, Grigoriy Lepsning konserti 26-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.

Achilov Javdat, konsert tashkilotchisi

Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Lepsning konsert dasturiga eng arzon chipta — 120 ming so‘m, eng qimmati esa 2 million so‘mdan sotilgan edi.