O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida Dushanbeda “Do‘stlik kechasi” deb nomlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

“Koxi Borbad” majmuasi.
Foto: Asia-Plus

9-mart kuni kechki payt Dushanbedagi “Koxi Borbad” majmuasida bo‘lib o‘tadigan konsertda ikki davlat san’at ustalari qatnashadi. Jumladan, tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va Ozodbek Nazarbekov sahnaga chiqishi kutilmoqda.

Tojikiston san’atini esa taniqli xonandalar Davlatmand Xolov, Nigina Omonqulova, Rustam Duloyev, “Shashmaqom” ijrochilari, raqs guruhlari taqdim etadi.

“Do‘stlik kechasi” tomoshabinlari qatoridan ikki davlat rahbaridan tashqari O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumati va parlamenti a’zolari, jamoatchilik vakillari o‘rin oladi.