AQShda taniqli kinematografist Benjamin Melniker 104 yoshid vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Hollywood Reporter

Ssenariynavis va prodyuser Maykl Uslan bu haqda Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Melniker Betmen haqidagi qator mashhur filmlarning prodyuseridir. “Betmen”, “Betmen abadiy” singari klassik kartinalardan tortib nisbatan yangi “Betmen: Ibtido”, “Qora ritsar”, “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongi” filmlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, u “Konstantin: qorong‘ulik hukmdori”, “Millat xazinasi”, “Adolat ligasi” singari mashhur filmlarning yaratilishida qatnashgan.