27-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari muhokama qilindi, xususan mart oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti saylovi davomida O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan Rossiya fuqarolari uchun saylov uchastkalarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)