23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida zafar quchgan futbolchilardan biri Rustam Ashurmatov YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan, deb yozdi “Offside.uz” sayti.
U chempion bo‘lgani uchun Prezident tomonidan sovg‘a qilingan Malibu avtomobilini boshqarib ketayotgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda Ashurmatov yulduzlik kasaliga chalingani uchun ham qoidalarni pisand qilmay qo‘ygani qabilidagi izohlar qoldirilgan. Nashr vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida futbolchining o‘zi bilan bog‘langan.
Ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirilganichalik ish bo‘lgani yo‘q. Ertalab mashg‘ulotlarga ketayotgan vaqtimda yo‘l patrul xizmati xodimi to‘xtatdi. Yo‘l chetida to‘xtadim va hujjatlarimni taqdim etdim. U hujjatlarimni tekshirdi va qachon davlat raqami taqishimni so‘radi. Men 2—3 kunda davlat raqami olishimni aytdim va hujjatlarimni qaytib oldim. Boshqa hech qanday gap yo‘q. Qoidani ham buzmadim.Avvalroq Malibu sovg‘asini rasmiylashtirish uchun O‘FA futbolchilardan pul talab qilayotgani haqida xabarlar chiqqan bo‘lib, ertasi kuniyoq tashkilot bu xabarlar haqiqatdan yiroq ekaniga oydinlik kiritgandi.Qonun oldida chempion ham, oddiy inson ham barobar. Shuni tushunib, yo‘lda qoidalarga bo‘ysunamiz, ularni buzadigan bo‘lsak, xuddi futboldagi kabi qoida buzganimiz uchun jazolanishimizni yaxshi anglaymiz.
Rustam Ashurmatov, “Bunyodkor” futbolchisi
Izoh (0)