Britaniyalik Ed Shiran 2017-yilning eng xaridorgir xonandasiga aylandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: IFPI

Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilar xalqaro federatsiyasiga (IFPI) ko‘ra, Shiranning Divide albomi o‘tgan yili dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotildi va 36 davlatda multiplatinali albom maqomini oldi.

2016-yili IFPI reytingini boshqargan kanadalik reper Dreyk bu gal More Life albomi bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Uchinchi o‘rinni esa Reputation albomi muvaffaqiyat qozongan kantri-pop ijrochisi Teylor Svift egalladi.

Shuningdek, xaridorgir qo‘shiqchi va guruhlar qatoriga Kendrik Lamar, Eminem, Bruno Mars, The Weeknd, Imagine Dragons, Linkin Park va The Chainsmokers ham kirdi.