Disney multfilmi qahramoni Mikki Mausning dunyodagi eng baland gulli shakli Dubayda o‘rnatildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Shakl Dubai Miracle Garden gullar bog‘ida mazkur qahramon yaratilganining 90 yilligi munosabati bilan paydo bo‘ldi. Mikki Mausning balandligi 18 metrni tashkil qiladi, shakl 100 mingta gul va o‘simlikdan yaratilgan bo‘lib, uning vazni 35 tonnaga teng.

Qayd etilishicha, shakl Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi. Uni yaratish uchun 100 nafar dizayner va muhandis 45 kun mehnat qilgan.