AQShda 1987-yili Alabamada qotillik sodir etgani uchun o‘lim jazosiga mahkum qilingan Doyl Xэmmning qatl marosimi bekor qilindi. Mahbusning advokatini so‘zlariga qaraganda, qamoqxona tibbiyot xodimlari 2,5 soat davomida mahbusning vena tomirlarini topa olmagani sabab unga inyeksiya yubora olmagan. Bu haqda Columbia Law School xabar berdi.

Foto: Metro

Himoyachi tomonning aytishicha, mahbusga inyeksiya yuborishga bo‘lgan har qanday urinish — juda shafqatsiz jazo hisoblanadi, chunki Xэmm saratonning so‘nggi bosqichi va gepatit bilan kasallangan. Shuningdek, mahbus uzoq vaqt giyohvand moddalar qabul qilganligi sabab, uning venalariga qattiq shikast yetgan. Qamoqxona shifokorlari Xэmmga salkam 12 marotaba ukol qilgan, biroq qatl uchun ajratilgan vaqt tugab qolganligi sabab o‘lim jazosini ijro etishni kechiktirishga qaror qilingan.

BMTning inson huquqlari himoyachilari uzoq vaqtdan beri AQSh hukumatini Doyl Xэmning qatlini bekor qilishga chaqirib keladi. Ularning so‘zlariga qaraganda, tomirga yuboriladigan inyeksiya chidab bo‘lmas og‘riqni yuzaga keltiradi, bu holda qatl xuddi qiynoq kabi bo‘lib qoladi.