O‘zbekiston Afg‘onistonning shimoliy qismidagi neft va gaz geologik qidiruv ishlarini qayta yo‘lga qo‘yish ehtimolini o‘rganmoqda. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi vakili ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
O‘zbekiston XX asrning 90-yillarida Afg‘onistonning istiqbolli neft-gaz maydonlarida bir qator geologik qidiruv ishlarini olib borgan, biroq ushbu mamlakatdagi vaziyat tufayli bu ishlar to‘xtatilgan.
Vazirlik vakilining ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta Afg‘oniston prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Shokir Korgar bilan muzokaralar davomida neft-gaz sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar, shuningdek, strategik muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
Izoh (0)