“Avtostat” agentligi Rossiyada eng keng tarqalgan xorijiy rusumdagi avtomobillar reytingini tuzdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “Kun.uz”

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Ford Focus egalladi. Ekspertlar ta’kidlashicha, joriy yil boshi holatiga ko‘ra, mamlakatda ushbu modelning 715 mingta nusxasi bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda 699 mingta nusxa bilan Toyota Corolla joylashdi. Yetakchilar uchligiga Hyundai Solaris yakun yasadi, ularning soni 2018-yil yanvar holatiga ko‘ra, 674 mingtaga teng bo‘lgan.

Eng ommabop xorijiy avtomobil rusumlari o‘nligiga KIA Rio, Renault Logan, Chevrolet Niva, Daewoo Nexia, Volkswagen Polo, Toyota Camry va Volkswagen Passat ham kirdi.

Agentlik qayd etishicha, butun Rossiyada yil boshida 26 millionta xorijiy rusumdagi avtomobil bo‘lgan, bu Rossiyadagi jami yengil avtomashinalarning qariyb 61 foizi demakdir.