Nokia brendi ostidagi qurilmalarni ishlab chiquvchi HMD Global kompaniyasi Mobile World Congress ko‘rgazmasida Nokia 8110 savdosini qayta boshlashi haqida e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

Korpusi egik ko‘rinishda va old panelida himoya qopqog‘i bo‘lgan telefon 1996-yilda chiqarilgan edi. Qurilmaga shakli tufayli “banan” deb laqab qo‘yishdi, ammo u “Matritsa” filmida qo‘llanilganidan keyin katta mashhurlikka erishdi.

Yangilangan versiya ikki xil — qora va sariq rangda taqdim etiladi. Telefon 4G-tarmoqlarga va Wi-Fi’ga ulana oladi, unda bir nechta eng ommabop dasturlar bo‘ladi. Yangi Nokia 8110 79 yevro narxda sotiladi.