2018-yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston—Turkiya maslahatlashuvlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Turkiya Respublikasining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Fazli Cho‘rman Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini muhokama qiladi hamda 2018-yilning 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiyaning kun tartibi yuzasidan fikr almashadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston poytaxtida “Kabul jarayoni” ikkinchi majlisida ham ishtirok etadi.
Izoh (0)