Xitoy konstitutsiyasidan XXR raisining hokimiyat tepasida bo‘lish muddatiga o‘rnatilgan cheklov olib tashlanishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Konstitutsiyaga muvofiq, bir kishi besh yildan ikki muhlatga mamlakat rahbarligiga saylanishi mumkin.
Tashabbus 24-fevral kuni Xitoy kompartiyasi siyosiy byurosi kengashida ilgari surildi.
Amaldagi rais Si Szinpin 2023-yilga qadar ushbu lavozimda turishi mumkin. Agar tashabbus ijobiy qabul qilinsa, u 2023-yildan so‘ng ham hokimiyat tepasida qolishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)