Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiada o‘yinlari Chexiya sportchisi Ester Ledeskaning tarixga kirishi uchun zamin yaratdi.
Olimpiadalar tarixida bitta festivalga kelib, ikki sport turida zafar quchgan sportchi bo‘lmagandi. Ester bu borada birinchiga aylandi.
Tog‘ chang‘isida o‘z omadini sinab ko‘rayotgan sportchi avvaliga gigant slalomda barcha raqiblarini ortda qoldirishga erishdi. Keyinroq esa supergigant bellashuvlarida oltinga ega chiqdi.
Ester Ledeska 1995-yilning 23-mart kuni Pragada tug‘ilgan. U hozir 22 yoshda. Chexiya termasi safida 2010-yildan buyon ishtirok etib keladi.
Izoh (0)