Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobillar “paradi” uyushtirildi.

“Xabar.uz”ning qayd etishicha, ushbu tadbir haydovchi va piyodalarni hushyorlikka chaqirish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga da’vat etish maqsadida tashkil etilgan.