Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining starti oldidan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z liboslari sotiladigan do‘kon hamda stadionga tashrif buyurgan muxlislar tamaddi qilishi uchun kichik oshxonani ishga tushirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Lokomotiv”

“Temiryo‘lchilar” 1-turni Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi. 2-turda o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi. Ammo bu mavsumdagi ilk uy uchrashuvi emas. Bungacha “Lokomotiv” Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ilk turida Amirliklarning “Al-Vahda” klubini qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchgandi. Bellashuvni tomosha qilish uchun kelgan muxlislar Loko-Store do‘koniga tashrif buyurgan va uning ilk xaridorlariga aylangan.

Foto: “Lokomotiv”

Loko-Store do‘koni stadionning kirish qismida joylashgan. Unda klub atributkalari, jamoa liboslari hamda sport kiyimlari joy olgan. Loko-Store har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek,jamoaning uy uchrashuvlariga tashrif buyurgan ishqibozlar Loko-Food do‘konidan yegulik hamda ichimliklar xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Bungacha Professional futbol ligasi Superliganing ishtirokchi klublari oldiga muxlislar uchun shunday xizmatlarni ishga tushirish talabini qo‘ygandi.

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”