Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston turistik salohiyati va “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi imkoniyatlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tadbirda Rossiyaning yuzdan ortiq yetakchi sayyohlik agentligi, “Pulkovo” aeroporti va OAV vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot yorqin va mazmunga boy tarzda o‘tdi. O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi imkoniyatlari keng namoyish etildi.
Taqdimot doirasida B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Izoh (0)