Bunga qadar Huawei P20 flagmani haqida tarqalgan xabarlarda yangi qurilma uchta asosiy kameraga ega bo‘lishi haqida aytilgandi. Biroq Android Authority ma’lumotlariga ko‘ra, flagmandan ikkita asosiy kamera o‘rin oladi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.RU

Shunga qaramay Huawei P20 smartfonining konstruksiyasida noodatiy yechim mavjud — unga ovozning past-balandligini sozlashga mo‘ljallangan tugma o‘rnatilmaydi. Qurilmaning o‘ng tomon korpusida 8 ta indikator nuqtalar o‘rnatilgan. Taxminlarga ko‘ra, ovozni ushbu nuqtalar joylashgan joyga barmoqni tekkizish orqali sozlash mumkin bo‘ladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.RU

Umuman olganda yangi flagmanning dizayni o‘zidan oldingi ajdodinikidan farq qiladi. Yangi model korpusining orqa tomoni oynadan ishlangan, biroq kameralarning joylashish tartibi o‘zgarmagan. Old tomonining hoshiyasi esa sezilarli darajada ingichkalashgan, ammo korpusda barmoq izi skanerini ko‘rishning iloji yo‘q. Buning o‘rniga kompaniya Face ID’dan foydalangan ham bo‘lishi mumkin.

Foto: Hi-Tech.Mail.RU

Smartfonning pastki qismida ikkita panjara joylashgan bo‘lib, bu stereo karnaylar o‘rni hisoblanadi.