Apple kompaniyasi e’lon qilgan videoda iPhone X uchun “Portretli yoritish” rejimi qanday yaratilgani haqida so‘z borgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu jarayonda kartinalardan fotosuratlargacha bo‘lgan davrda portret yaratish tarixi o‘rganib chiqilgan.