Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘lida kurash olib borayotgan Ukrainaning “Shaxtyor” va Italiyaning “Roma” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
Birinchi bellashuvda “konchilar” irodali g‘alabaga erishdi. “Shaxtyor” guruh bosqichida Italiya A seriyasida yetakchi bo‘lib turgan “Napoli”ni qoldirib ketgandi. Endi navbat “Roma”nikimi yoki yo‘q — 13-mart kuni bo‘lib o‘tadigan Rimdagi javob o‘yinidan keyin bilib olish mumkin bo‘ladi. “Shaxtyor” bungacha “Manchester Siti”ni shu mavsum hisobidan birinchi bo‘lib mag‘lub etishga ham ulgurgandi.
“Roma” esa guruh bosqichida Madridning “Atletiko” klubini qoldirib ketgan, shuningdek, italiyalik murabbiy boshqarayotgan Londonning “Chelsi” klubidan ustunroq bo‘lgandi.
Chempionlar Ligasi 1/8 final o‘yini 21-fevral, chorshanba
Izoh (0)