Rossiyaning Nijniy Novgorod shahri yaqinidagi temir-tersak qabul qilish markazida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
Aytilishicha, portlash oqibatida hech kim zarar ko‘rmadi. Portlash arealida hech kim bo‘lmagani bois jarohatlanganlar qayd qilinmadi.
Voqea joyida sapyorlar ishlamoqda. Portlash sabablari aniqlashtirilmoqda. Hozircha portlash texnik xarakterga ega ekanligi taxmin qilinmoqda. Sapyorlar shu paytgacha hududdan xavfli buyumlar topmadi.
Izoh (0)