Amerikaning Ueterford shahrida (Texas shtati) yashovchi sobiq nazoratchi infarkt holatida unga yordam bergan mahbuslarga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda WFAA xabar bermoqda.
Geri Grimm 2016-yilning iyunida okrug sudi binosidagi kamerani qo‘riqlayotganda hushini yo‘qotdi. Mahbuslar qo‘riqchining avholi yomonlashganligini payqab, devorlarni urib, baqira boshladi. Ular javobni kutmasdan, kameradan chiqdi va sherif yordamchilarining e’tiborini jalb qildi. Ular esa tez yordamni chaqirdi.
Grimm mahbuslarga shaxsan minnatdorlik bildirishga ulgurmadi. U shifoxonadan chiqquncha mahbuslar boshqa ozodlikdan mahrum etish muassasasiga o‘tkazilgan. Ikki yarim yildan so‘ng sobiq nazoratchi mazkur voqea haqida televideniyada so‘zlab berdi va xaloskorlariga minnatdorlik bildirish imkoniyatidan foydalandi.
Izoh (0)