Biz har kuni aloqada bo‘ladigan buyumlardagi ba’zi moddalar jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty

Do‘kon cheklari

Cheklar maxsus kukun bilan qoplangan termoqog‘ozlarga bosib chiqariladi. Bu kukun tarkibida juda zaharli A bisfenol moddasi mavjud. U teriga singadi yoki ovqat bilan birga me’da-ichak yo‘liga tushadi.

Bu kimyoviy modda tuzilishi jihatidan jinsiy gormon estrogenga o‘xshaydi va reproduktiv tizimga ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek saraton, qandli diabet va yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Hasharotlarga qarshi vositalar

Hasharotlarga qarshi vositalarni ishlatishda yorlig‘ida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga rioya qilmaslik natijasida sog‘liqqa zarar yetishi, toshmalar toshish, bosh aylanish, ko‘ngil aynish va asab tizimi faoliyatining buzilish holatlari yuz berishi mumkin.

Kir yuvish vositasi

Zamonaviy kir yuvish kukunlari tarkibi juda agressiv tarkibiy qismlardan tashkil topgan, aynan bu ularni shunday samarali qilishga yordam beradi. Ba’zi ingrediyentlar dermatologik kasalliklarni kuchaytiradi, allergiyani keltirib chiqaradi. Kir yuvish kukunidagi eng yoqimsiz narsa fenol hisoblanadi. Bu markaziy asab tizimiga, yurakka, qon tomirlariga, o‘pkaga va buyraklarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddadir.

Ekspertlar xavfni kamaytirish uchun buyumlarni yaxshilab chayqashni maslahat beradi.

Yonishdan saqlash uchun singdiriladigan modda

Antipirenlar nafaqat yog‘och buyumlar yasashda ishlatiladi, balki gazlamalar va kiyimlarga ham singdirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda ularning ba’zilari qalqonsimon bezga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘smalar hosil qiladi va sog‘liq bilan bog‘liq boshqa noxush oqibatlarga sabab bo‘ladi.

Manba: “Layfxaker”