“Yong‘in xavfsizligi o‘n kunligi” tadbiri doirasida 21-fevral kuni Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida Toshkent shahar hududida joylashgan aholi turar joylarida, tashkilotlarning ishchi va xizmatchilari o‘rtasida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Bu haqda “Daryo”ga IIBB Yong‘in xavfsizligi xizmati vakillari ma’lum qildi.
Tadbir davomida Toshkent shahri hududida joylashgan 52 ta maskan, bino va inshootlarning yong‘inga qarshi holati profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Jarayonda 559 ta yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi holatlari aniqlanib, ulardan 439 ta kamchiliklar joyida bartaraf etildi. O‘tkazilgan yong‘in-texnik tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, maskan va muassasa rahbarlariga davlat yong‘in nazoratining yozma ko‘rsatmalari taqdim etildi.
Shahar hududida joylashgan aholi turar joylaridagi 6962 xonadonlarning har biriga tegishli organlar vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda kirilib, 26296 nafar fuqarolar bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqishini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida sakkizta yig‘ilish o‘tkazilib, 40 nafar fuqaroning harakatlari muhokama qilindi.
Aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini kengroq targ‘ib etish maqsadida, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi korxona, tashkilotlarda hamda aholi yashash joylarida 75 ta uchrashuv tashkil etilib, ularda 3047 ishchi-xizmatchi va fuqaro qatnashdi.
Izoh (0)