Xperia Blog saytida 26-fevral kuni Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etiladigan Xperia XZ2 Compact smartfonining suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Xperiablog.net

Suratda Xperia XZ2 Compact (o‘ng tarafdagi) Xperia Z5 Compact bilan o‘zaro taqqoslangan. Yangi modelda barmoq izi skaneri uchun maydoncha yo‘q. Ushbu suratni e’lon qilgan foydalanuvchining aytishicha, barmoq izi skaneri uning orqa tarafiga joylashtirilgan. Shuningdek, Xperia XZ2 Compact’ning “orqa” tomoni biroz egilgan, xuddi o‘zidan oldingi modelniki kabi.

Taxminlarga ko‘ra, mazkur model Sony’ning yangi dizayn standartiga aylanadi. Bundan tashqari MWC’da Xperia XZ2 va XZ2 Pro ham taqim etiladi.