Nokia 25-fevral kuni Barselonadagi MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida yangi smartfonlari taqdimotini o‘tkazadi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Asosiy yangilik Nokia 9 flagmani bo‘ladi. Internetda g‘ilofga o‘ralgan ushbu smartfonning ko‘plab tasvirlari paydo bo‘ldi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Nokia 9 ning o‘ziga xos asosiy jihati yonlari biroz qayrilgan 5,5 dyuymli displey bo‘ladi. Shuningdek, unda Carl Zeiss optikali asosiy qo‘sh kamera va old qo‘sh kamera bo‘ladi. Smartfonning old tomonida rom ingichka bo‘lgani tufayli, barmoq izi skaneri orqa panelga ko‘chirilgan.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Nokia 9 1440×2560 pikselli 5,5 dyuymli ekran, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori, 6/8 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3250 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Foto: Hi-Tech Mail.Ru