Amerikalik aktyor Jorj Kluni va uning rafiqasi Amal Alamuddin mamlakatda qurol ustidan nazorat kuchaytirilishini talab qilayotgan faollar harakatini rivojlantirish uchun 500 ming dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.ru”

Klunining so‘zlariga ko‘ra, o‘z farzandlarining hayoti ham qurol ustidan nazorat qat’iylashtirilishiga bog‘liq bo‘lgani uchun shu summani xayriya qilishga qaror qilgan. Bundan tashqari, er-xotin 24-mart kuni o‘tkaziladigan AQShda amalda bo‘lgan qurol savdosi ustidan nazoratga oid qonunchilikka qarshi namoyishda ham ishtirok etadi.

Shuningdek, taniqli teleboshlovchi Opra Uinfri ham o‘zining Twitter’dagi sahifasida norozilik namoyishlari uchun 500 ming dollar ajratishini yozgan.