Chelyabinskda o‘ninchi sinf o‘quvchisi turar joyning oltinchi qavatidagi kvartirada yuzaga kelgan yong‘indan ikki o‘smirni qutqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yong‘in o‘tgan dam olish kunlari yuz berdi. Mazkur kvartirada keksa ayol 10, 12 yoshli nabiralari bilan birga yashagan. Qaysidir lahzada yolg‘iz qolgan bolalar gugurt bilan o‘ynashi oqibatida kreslo yona boshlagan. Bolalar balkonga chiqib yordamga chaqirgan.
Qo‘shni kvartiraga mehmon bo‘lib kelgan o‘ninchi sinf o‘quvchisi Artyom Polukeyev balkonning deraza blokini buzishga qaror qilgan va bolalarni o‘zi tomonga chaqirgan. Oqibatda bolalar jabrlanmagan.
Izoh (0)