Yaponiyaning yirik avtokonserni Toyota ekologik toza avtomobillar lineykasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish uchun 300 milliard iyena (2,8 milliard dollar) mablag‘ kiritadi. Bu haqda 20-fevral kuni Nikkei gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ilmiy-tadqiqot obyekti Ayti prefekturasida joylashib, uning hududida 11 ta turli sinov treki barpo etiladi. Markazning umumiy maydoni 650 gektarga yaqin bo‘ladi. U o‘z ishini kelgusi yildayoq boshlashi kutilmoqda.
Sinov treklarida haydovchilar turli davlatlarda duch keladigan shart-sharoitlar modeli yaratiladi.
Izoh (0)